Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Valyuta birjasida savdolar vaqti uzaytirildi

Yangilangan sana: 30 Iyul 2026, 14:25
29 Iyul 2026

Ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va banklar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish doirasida 2026-yil 10-avgustdan boshlab valyuta birjasidagi savdolar soat 17:00 ga qadar davom etadi.

Savdo sessiyasining uzaytirilishi banklarga kun davomida valyuta likvidligini yanada samarali boshqarish, mijozlarning to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish hamda xorijiy valyutadagi to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.

Valyuta birjasidagi savdolar yakunlari asosida 74 ta xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan rasmiy kurslari har bir bank ish kuni soat 17:30 da Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Rasmiy valyuta kurslaridan buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda amaldagi tartibda foydalaniladi.

Rasmiy kurslar Markaziy bank veb-saytining “Valyutalar kurslari arxivi” bo‘limida joylashtirib boriladi.

USD = 12006.39
-28.87
EUR = 13765.33
+54.76
RUB = 150.44
-1.02
GBP = 16065.75
+62.46
JPY = 73.52
-0.04
CHF = 14746.24
+67.3
CNY = 1777.38
-1.62
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X