Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Muomala davri 9 oy bo‘lgan Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 2020 yil 14 fevral kuni o‘tkazilgan auksion natijalari haqida MA’LUMOT

Yangilangan sana:  14 Fev 2020, 14:56
14 Fev 2020

Joriy yilning 14 fevral kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 9 oy bo‘lgan 1 mln. so‘m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 200 mlrd. so‘mlik 200 ming dona Markaziy bank obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazildi.

Auksionda ishtirok etish uchun 10 ta tijorat bankidan jami 369,0 mlrd. so‘mlik pul mablag‘lari kelib tushdi. Shundan, 267 200 dona obligatsiyani sotib olish uchun 267,5 mlrd. so‘m hajmidagi raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 200 000 dona qimmatli qog‘ozlar 200,3 mlrd. so‘m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auksionda joylashtirilgan obligatsiyalarning so‘ndiriladigan umumiy hajmi 200,0 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Auksion natijalariga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 15,80 foizni, minimal daromadlilik darajasi - 15,48 foizni va chegirish narx bo‘yicha maksimal daromadlilik darajasi - 16,00 foizni tashkil etdi. 

USD = 10577.00
+10.89
EUR = 12921.92
+78.81
RUB = 143.57
+0.6
GBP = 15023.57
+122.19
JPY = 97.11
+0.35
CHF = 11786.27
+53.97
CNY = 1646.33
+5.53
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X