Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangi normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritildi

Yangilangan sana:  20 Mar 2020, 13:03
20 Mar 2020

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishi munosabati bilan Markaziy bankning bir qator normativ-huquqiy hujjatlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Adliya vazirligiga taqdim etildi. Xususan,

1. Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 15 fevraldagi 3/12-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.

“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizom qayta ko‘rib chiqilib, yangi tahrirda ishlab chiqildi. Nizom loyihasida Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, amaldagi Nizomning “8-bob. Tijorat bankining hisob-kitob cheklari bilan hisob-kitoblar” hamda “9-bob. Bank plastik kartalari bilan hisob-kitoblar” boblari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirda qabul qilingan Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, soliq idoralari tomonidan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish tartiblariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuningdek, olingan kreditlar qaytarilishi uchun kafil bo‘lgan mijozlardan qarzdorliklarni undirish maqsadida aksepsiz to‘lov talabnomasi, nafaqat kredit, balki unga hisoblangan foizlarni undirish uchun ham taqdim etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda bank amaliyotida duch kelinayotgan yana bir holat – oluvchilar tugatilgan, lekin ularning foydasiga taqdim qilingan hamda 2-son kartotekaga joylashtirilgan to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini, oluvchilarning tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida chaqirib olish mexanizmi yoritib berilgan.

2.  Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 15 fevraldagi 3/13-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

Elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri – foydalanuvchilarga banklarda hisobvaraq ochmagan holda, internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasida Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalarini belgilashi qayd etilgan.

Shu bilan birga, mazkur hujjat loyihasi yuzasidan Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlarining hamda hozirgi kunda respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan to‘lov tashkilotlari mutaxassislarining taklif va mulohazalari olingan.

USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X