Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 sentyabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-291-sonli Qaroriga muvofiq, Markaziy bankda “Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi” АJ uchun vakillik hisobvaragʼi ochildi.
Markaziy bankda vakillik hisobvaragʼini ochish va banklararo toʼlov tizimiga bevosita ulanish orqali Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysi kapital bozoridagi operatsiyalar boʼyicha pul mablagʼlari bilan bogʼliq hisob-kitoblarni qisqa muddatda amalga oshirish imkoniyatiga ega boʼladi.
Mazkur infratuzilma kapital bozoridagi amaliyotlar boʼyicha hisob-kitoblarni tezlashtirishi va oʼz vaqtida amalga oshirilishini kafolatlashi orqali kapital bozoriga xorijiy investorlarni faol jalb etishning asosiy omillaridan boʼladi.
Markaziy bank orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati kapital bozorini yanada rivojlantirish, infratuzilmasini takomillashtirish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga xizmat qiladi.
Markaziy bankda Qimmatli qogʼozlar markaziy depozitariysining vakillik hisobvaragʼi ochildi
Yangilangan sana: 7 May 2024, 18:10