Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga oid loyiha muhokamasida ishtirok eting

Yangilangan sana: 15 May 2026, 22:09
15 May 2026
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror loyihasi regulation.gov.uz  portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Mazkur loyiha to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatida mulkchilik hamda nazorat tuzilmasi shaffofligini oshirish, “benefitsiar mulkdor” tushunchasini amaliyotga joriy etish hamda litsenziyalash tartibini xalqaro standartlar, xususan FATF tavsiyalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Fuqarolar, ekspertlar va to‘lov bozori ishtirokchilarini loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirishga chorlaymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Ma'lumot uchun: Benefitsiar mulkdor – toʻlov tizimi operatori yoki to'lov tashkilotiga pirovardida egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoki jismoniy shaxslar. FATF - Financial Action Task Force - Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhi

Muhokamaga o‘tish
USD = 11986.30
+10.94
EUR = 13937.67
-83.08
RUB = 163.61
+0.7
GBP = 16000.51
-179.4
JPY = 75.62
-0.21
CHF = 15247.81
-67.91
CNY = 1759.92
-5.03
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X