Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank tomonidan bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, texnik nosozliklar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yondashuvlar yuzasidan ma’lumot

Yangilangan sana: 15 May 2026, 11:24
15 May 2026

Markaziy bank bankomat infratuzilmasi bilan ishlash sifatini yanada oshirish, naqd pul yechib olish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish tartibini takomillashtirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratadi.
 
Xususan:

  • bank kartasidan mablag‘ yechilgan bo‘lsa-da, bankomat tomonidan naqd pul berilmasligi yoki mablag‘larning uzoq muddat qaytarilmasligi;
  •  muvaffaqiyatsiz amaliyotlar bo‘yicha xizmat haqlari (komissiyalar) ushlab qolinishi;
  •  mijoz kartasining bankomatda qolib ketishi bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan o‘z vaqtida va aniq ma’lumot taqdim etilmasligi;
  •  mijozlarning turli bank va tashkilotlar o‘rtasida ortiqcha yo‘naltirilishi kabi holatlar iste’molchilarning mulkiy manfaatlariga bevosita ta’sir qiluvchi masala sifatida ko‘rilishi lozim.

 Shu munosabat bilan Markaziy bank:

  •  bankomat bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha mijozlarga tushunarli va shaffof axborot taqdim etish;
  •  naqd pul berilmasligi yoki kartani ushlab qolish holatlarini ustuvor murojaat sifatida ko‘rib chiqish;
  •  tasdiqlangan texnik xatoliklar bo‘yicha mablag‘larni imkon qadar “proaktiv” tarzda qaytarish;
  •  lozim darajada bajarilmagan operatsiyalar uchun undirilgan xizmat haqlarini avtomatik ravishda qaytarish;
  •  muvaffaqiyatsiz amaliyotlarni tezkor qayta ishlashga qaratilgan texnologik yechimlarni keng joriy etish;
  •  bankomatlarning uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash, eskirgan uskunalarni bosqichma-bosqich yangilash hamda yuqori murojaatlar kuzatilayotgan qurilmalarga alohida e’tibor qaratishni zarur deb hisoblaydi.

Markaziy bank bozor ishtirokchilarini bankomatlar bilan bog‘liq xizmatlar sifatini oshirish hamda iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha tezkor amaliy choralarni kuchaytirishga chaqiradi.

Batafsil

USD = 11975.36
-98.06
EUR = 14020.75
-113.6
RUB = 162.91
-1.56
GBP = 16179.91
-140.94
JPY = 75.83
-0.66
CHF = 15315.72
-123.44
CNY = 1764.95
-13.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X