Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank xabari

Yangilangan sana:  2 Apr 2020, 22:46
2 Apr 2020

Bugungi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganligi sababli, bu borada respublikamiz hududi bo‘ylab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda ushbu xavfli infeksiyaning xodimlar o‘rtasida tarqalib ketishining oldini olish maqsadida 2020 yil 27 mart soat 17:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hujjatlar, xat-xabarlar va xizmatga oid barcha yozishmalarni qog‘oz ko‘rinishida kiritish vaqtincha to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.

Hujjatlar faqat “E-xat” elektron axborot almashinuvi tizimi cbu@exat.uz orqali qabul qilinadi. (Murojaat uchun telefon raqami:
(71) 233-32-70, 212-60-21.

Shuningdek, fuqarolarni hamda yuridik shaxslar vakillarini Markaziy bankda qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi. Barcha murojaatlar elektron pochta (manzil: ijro@cbu.uz) va ishonch telefoni (71) 200-00-44 orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

USD = 12599.83
-34.17
EUR = 13675.86
-34.56
RUB = 147.78
-0.84
GBP = 16214.72
-64.19
JPY = 81.71
-1.24
CHF = 14267.73
-110.33
CNY = 1737.43
-12.55
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X