Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki bilan ikki kunlik qo‘shma seminar tashkil etildi.
Seminar davomida moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalarni hisobga olish va ularni hisobotda aks ettirish standartini qo‘llash, Qozog‘iston Milliy banki moliyaviy hisobotining konsolidatsiyasi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini bank tizimida regulyativ kapitalga ta’siri kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminarda Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari va hududiy bosh boshqarmalari bosh buxgalterlari ishtirok etib, faoliyatga doir masalalar yuzasidan amaliy tajriba almashishdi.
Qozog‘iston Milliy banki mutaxassislari bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi
Yangilangan sana: 4 Okt 2024, 17:36