Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlari, kriptoaktivlar bozori hamda IT-industriya vakillari ishtirokida “FinTech & Banking 2024” forumi tashkil etildi.
Forumning ochilish marosimida Markaziy bank raisi o‘rinbosari S.Melibayev bugungi kunda to‘lov tashkilotlari zamonaviy dasturiy yechimlarni joriy etishi natijasida tijorat banklari bilan naqdsiz pul o‘tkazmalari yuzasidan raqobatlasha boshlaganligini e’tirof etdi.
Tadbir davomida vazirlik va idoralar, mahalliy va xorijiy tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari, avtomatlashtirilgan bank tizimlarini yetkazib beruvchi va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dasturiy va texnik yechimlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ekspertlari taqdimotlar o‘tkazib, sohada mavjud muammolar hamda foydalanilmagan imkoniyatlar yuzasidan fikrlar bildirishdi.
Xususan, forumdan o‘rin olgan “Moliyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish: tahdidlar, imkoniyatlar va rivojlanayotgan moliyaviy firibgarliklarni qanday yengish mumkin?” nomli sho‘ba yig‘ilishida Markaziy bankning “CERT-CBU” Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i O.Tolipov chiqish qilib, O‘zbekistonda bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida “FinTech & Banking 2024” forumi bo‘lib o‘tdi
Yangilangan sana: 4 Okt 2024, 19:18