Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank xabari

Yangilangan sana:  8 Apr 2020, 10:39
8 Apr 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Markaziy bank tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarga banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddatini 2020 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktirish, shuningdek, joriy etilgan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tgan kreditlariga jarima sanktsiyalarini qo‘llash va undiruvni garov ta’minotiga qaratmaslik bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish va mavjud tartib-taomillarni soddalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, nazorat talablari engillashtirilganligi bilan bog‘liq chora-tadbirlar tijorat banklariga etkazildi.

Biroq shunga qaramay, koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida tijorat banklarida moliyaviy qiynchiliklarga duch kelgan qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarorlar joylardagi filiallarga etkazilmaganligi hamda ushbu qarorlar yuzasidan aholi o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmayotganligi, ayrim banklarda bunday qarzdorlarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilmayotganligi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, mijozlar bilan aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) uzluksiz ishlashi ta’minlanmagan.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, “Koronavirus info”da doimiy brifinglar o‘tkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilgan holda, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqiradi.

Shu o‘rinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham murojaat qilamiz:

Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozim.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi.

USD = 10496.99
+4.63
EUR = 12551.25
+70.59
RUB = 138.59
+2.58
GBP = 14454.36
+13.72
JPY = 96.29
+0.32
CHF = 11388.73
+54.22
CNY = 1607.11
+4.83
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X