Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Yangilangan sana: 6 Dek 2024, 13:27
6 Dek 2024
Markaziy bankda 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul xodimi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Nuriddin Shermatov ma’ruza bilan ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning hayotimizdagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Shu bilan birga, unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligi, uning mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlashdagi o‘rni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashdagi ahamiyati e’tirof etildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X