Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va IFSB O‘zbekistonda islomiy moliya industriyasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini muhokama qildi

Yangilangan sana: 7 May 2026, 13:37
7 May 2026

Joriy yilning 27-aprel – 1-may kunlari Markaziy bank soʻroviga asosan Oʻzbekistonda 2026-2030-yillar uchun milliy islomiy moliya industriyasini rivojlantirish “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqishda koʻmaklashish maqsadida Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi (IFSB) Bosh kotibi o‘rinbosari Abdulla Xaron boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida IFSB vakillari hamda Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Musulmonlar idorasi, Omonatlarni kafolatlash agentligi, Banklar Assotsiatsiyasi, birjalar, banklar, konsalting kompaniyalari, mikromoliya va sugʻurta tashkilotlari vakillari oʻrtasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida Oʻzbekistonda islomiy moliya boʻyicha yaratilgan qonunchilik, islomiy bank faoliyati, islomiy kapital bozori hamda islomiy sugʻurta (takaful) faoliyatini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek islomiy moliya sohasida kadrlar tayyorlash va salohiyatini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tashrif so‘ngida IFSB vakillari bilan “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish boʻyicha birgalikda bajariladigan vazifalar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun: IFSB tashkiloti Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan bo‘lib, Islomiy bank faoliyati, islomiy kapital bozori va islomiy sug‘urta (takaful) sohalarini tartibga solishga qaratilgan xalqaro standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

USD = 12074.28
+37.07
EUR = 14218.67
+147.17
RUB = 160.86
+1.24
GBP = 16452.41
+151.62
JPY = 77.43
+1.01
CHF = 15501.71
+134.41
CNY = 1772.61
+10.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X