Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Eskrou – turar joy qurilishi va xaridi sohasini rivojlantirishning yangi usuli

Yangilangan sana: 25 Dek 2024, 20:02
25 Dek 2024
Markaziy bank Davlat boshqaruvi akademiyasida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari vakillari uchun pudrat tashkilotlarini loyihaviy moliyalashtirish va aholiga uy-joylarni eskrou hisobvaraqlari orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish mavzusida seminar tashkil etdi.

Seminarda ko‘chmas mulklarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish hamda aholiga uy-joylarni eskrou hisobvaraqlari orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish mexanizmlari, moliyalashtirish masalalari, uni tartibga solish afzalliklari va dolzarbligiga doir taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Yangi tizim tatbiq etilishiga mutasaddi rahbar va xodimlar ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ulush kiritish asosida uy-joy qurishning huquqiy asoslari va muammolari, ulushli shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, uy-joy qurilishida aholi mablag‘larining but saqlanishini kafolatlash tizimini yaratish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Eskrou hisobvaraqlari yangi tizim bo‘lib, u avvalo, sotuvchi (uy-joy quruvchi) va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar xavfsizligini ta’minlaydi. Bankda ochilgan eskrou hisobvarag‘iga kiritilgan xaridorlar mablag‘lari sotuvchi hisob raqamiga shartnomada belgilangan barcha talablar bajarilganidan so‘ng o‘tkaziladi. Bunda bank mustaqil vositachi sifatida sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartlarning bajarilishini kuzatib boradi.

Shu bois seminarda loyihaviy moliyalashtirishni tatbiq etishning xorijiy tajribasini o‘rganishga keng o‘rin berildi. Xususan, qurilish davrida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarius jalb qilinmagan holda rasmiylashtirish, turar joy qurilishining yagona raqamli platformasini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X