Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tijorat banklari vakillari bilan tizimli xatarlar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi

Yangilangan sana: 31 Yan 2025, 20:06
31 Yan 2025

Markaziy bankda tijorat banklarining xatarlarni tahlil qilish va boshqarishga mas’ul mutaxassislari bilan birgalikda O‘zbekiston moliya tizimi barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tizimli xatarlar mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston moliya tizimi barqarorligi uchun ichki va tashqi xatarlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bunda, Markaziy bank va tijorat banklari vakillari o‘rtasida mamlakat moliya tizimidagi zaifliklar va xatarlar, mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan makroprudensial siyosat choralardagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha fikr almashinildi.

Davra suhbatida Markaziy bank tomonidan tijorat banklari orasida doimiy o‘tkazib kelinayotgan tizimli xatarlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma natijalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tadbirda ishtirok etgan bank vakillari potensial xatarlarni aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha banklarda amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlari va tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Uchrashuv so‘nggida tijorat banklarining xatarlarni boshqarishga mas’ul mutaxassislari bilan birgalikda davra suhbatlarini doimiy ravishda o‘tkazishga hamda Markaziy bank tomonidan moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan makroprudensial siyosati borasida fikr almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

USD = 12913.19
+4
EUR = 13908.80
-26.67
RUB = 154.17
+0.87
GBP = 16685.13
+20.66
JPY = 85.56
-0.44
CHF = 14602.73
-5.38
CNY = 1777.33
+0.33
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X