Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bankomatlardan unumli foydalanish

Yangilangan sana:  15 Apr 2020, 12:49
15 Apr 2020

Hozirgi kunda mamlakatimiz bo'ylab 5400 dan ortiq bankomatlar o'rnatilgan bo'lib, ular bir qator vazifalarni bajaradi:

- Cash-out bankomatlari. Milliy va xorijiy valyutadagi bank kartangizdan naqd pullarni echish imkoniyatini beruvchi bankomatlar. Bunday bankomatlardan foydalanishda bankomatning yuqori qismida joylashtirilgan to'lov tizimlari turlari (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar)ning logotiplariga e'tibor qarating.

- Cash-in/Cash-out bankomatlari. Bunday bankomatlar orqali bank kartangizdan naqd pulni echish bilan bir qatorda, kartangizga naqd pullaringizni kirim qilishingiz mumkin. Respublikamizda jami 1000 taga yaqin cash-in/cash-out bankomatlari hududlarda o'rnatilgan. Aksariyat cash-in/cash-out bankomatlari, avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash vazifalarini bajarib, chet el valyutasini qabul qiladi va uni bankning o'rnatilgan kursi bo'yicha milliy valyutaga almashtirib beradi. Hozirda 700 taga yaqin valyuta ayirboshlash bankomatlari kunu-tun ishlashi tashkillashtirilgan.

- ADM (Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi). Bunday uskunalardan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin. Ularning asosiy vazifasi naqd pullarni bank hisobvaraqlari va kartalariga qabul qilishdan iborat.

Tijorat banklari tomonidan bankomatlarning etarlicha pul mablag'lari bilan to'ldirib turilishi ustidan Markaziy bank tomonidan tizimli nazorat o'rnatilgan.

O'zingizga eng yaqin bo'lgan, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlarni joylashgan manzillarini

Yandeks map
Humo veb-sayti 
Uzcard veb-sayti 
Markaziy bank veb-sayti

orqali topishingiz mumkin.
Tez kunlarda tijorat banklari tomonidan bankomatlar orqali yangi xizmat turlarini, jumladan, xalqaro pul o'tkazmalari, kommunal va boshqa bir qator to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, bankomatlardan foydalanish va naqd pullar bilan muomalada bo'lish mobaynida gigiena qoidalariga rioya eting. Imkon qadar bankning masofaviy xizmatlaridan foydalaning.

USD = 10496.99
+4.63
EUR = 12551.25
+70.59
RUB = 138.59
+2.58
GBP = 14454.36
+13.72
JPY = 96.29
+0.32
CHF = 11388.73
+54.22
CNY = 1607.11
+4.83
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X