Markaziy bank rahbariyati global biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i janob Kim Jixyon boshchiligidagi Koreyaning Shinhan bank delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Shinhan bank vakillari bankning so‘nggi yillardagi faoliyati haqida umumiy ma’lumot taqdim etib, O‘zbekiston bank bozorida kelajakda o‘z faoliyatini kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha rejalari bilan bo‘lishdilar.
O‘z navbatida, mamlakatda banklarni ochish tartibi va amaldagi qonunchilik talablarini Markaziy bank rahbariyati tomonidan tushuntirildi. Bundan tashqari, tomonlar davlat banklarini xususiylashtirish jarayoni orqali mahalliy bozorda biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shinhan bank vakillari bilan uchrashuv
Yangilangan sana: 24 Fev 2025, 19:02










