Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank chekka hududlarda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘quv treninglari qamrovini kengaytirdi

Yangilangan sana: 15 Apr 2025, 12:46
15 Apr 2025
Joriy yilda Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning geografiyasi yanada kengaytirildi. Endilikda loyiha mamlakatimizdagi sharoiti og‘ir 3-, 4- va 5-toifaga kirivchi 71 ta chekka tumanni to‘liq qamrab olmoqda.

Shaxsiy moliyani boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanib mablag‘larni ko‘paytirish, rasmiy faoliyat yuritish biznesni boshlash va kengaytirish, moliyaviy madaniyat va raqamli moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish, aholini, ayniqsa, xotin-qizlar, yoshlar va tadbirkorlarni kiberjinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan ishlar yanada keng qamrovda olib borilmoqda.

Tashrif rejasiga asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Guliston, Boyovut, Xovos, Oqoltin va Mirzaobod, Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Pskent va Oqqo‘rg‘on, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Chiroqchi, Yakkabog‘, Qamashi, Muborak, Nishon, Mirishkor va Dehqonobod tumanlarida Markaziy bank hamda tijorat banklari bilan birgalikda maqsadli guruhlarning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha 18 ta davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida 18 ta tumanda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 546 nafar yoshlar, 802 nafar xotin-qizlar, 108 nafar tadbirkor, shuningdek, 309 nafar yordamchi agentlar va 366 nafar mahalla faollari ishtirok etishdi.

Treningda Markaziy bank va tijorat banklari mutaxassislari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, jumladan, o‘zini-o‘zi band qilishda yaratilgan mikromoliyaviy xizmatlarning imkoniyatlari, imtiyozli kreditlash dasturlari, ijobiy kredit tarixini shakllantirishda mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, bank omonatlarini samarali boshqarish, kredit tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari kabi mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
USD = 12904.51
-33.42
EUR = 14575.64
-89.5
RUB = 161.99
+0.89
GBP = 17295.91
-53.85
JPY = 89.94
+0.08
CHF = 15609.66
-82.19
CNY = 1790.70
-4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X