Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank nazorati qo‘mitasi may oyida yigirmadan ortiq masalani ko‘rib chiqdi

Yangilangan sana: 19 Iyun 2025, 18:34
19 Iyun 2025

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning may oyidagi yig‘ilishlarida (8 marta) 37 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Xususan,

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 18 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (3 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va chiqparish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (4 ta) shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (7 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari ham muhokama qilindi.

Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmagan va bank boshqaruvi tomonidan muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini kamaytirish yuzasidan hududlarda ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi ta’minlanmagan taqdirda 17 ta tijorat banki chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

 

Bank nazorati qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida 17 ta tijorat bankiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi hamda 13 ta bank jarimaga tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

USD = 12699.14
+84.07
EUR = 14847.83
+93.24
RUB = 162.16
+0.14
GBP = 17124.79
+40.2
JPY = 86.22
+0.41
CHF = 15933.68
+81.62
CNY = 1771.84
+12.29
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X