Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik bo‘yicha axborot–ta’lim loyihasi Finlit.uz – 5 yoshda

Yangilangan sana: 7 Avg 2025, 10:52
7 Avg 2025

Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida 2020 yildan buyon Finlit.uz axborot-ta’lim veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu yillar davomida mazkur platforma o‘quvchi va o‘qituvchilar, volontyor talabalar, chekka hududlardagi ayollar va migrantlar oilasi, yosh tadbirkorlar, shuningdek bank xizmatlarining potensial mijozlari uchun haqqoniy bilimlar maydonchasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

So‘nggi yillarda Markaziy bank 73 ta loyiha doirasida aholining moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda va ratsional qarorlar qabul qilishga ko‘maklashmoqda, shu jumladan:

 Ta’lim tizimiga moliyaviy savodxonlik kiritilishiga ilk qadamlar tashlandi:

  • 100 ta maktab, 160 nafar o‘qituvchi va 7.2 mingta o‘quvchiga kitob va interaktiv vazifalardan iborat ishchi daftar tarqatilib, o‘quv yili davomida maxsus darslar o‘tildi;

  • 32 ta noiqtisodiy yo‘nalishda tahsil beruvchi universitetlarda Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurs o‘qituvchilarni masus tayyorlovdan o‘tkazgan holda ambassador sifatida yo‘lga qo‘yildi

Ta’lim loyihalari doirasida aholi bilan yaqindan ishlandi:

  • 71 ta olis tumanlarda maqsadli guruhlar uchun tizimli ravishda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

  • Respublika bolalar kutubxonasi, A.Navoiy nomidagi milliy kutubxona va Toshkent shahrida joylashgan 112 ta mahalla kutubxonalarida muntazam ravishda o‘quv tadbirlari tashkil etilmoqda

Noodatiy va qiziqarli formatda ommaviy-targ’ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda:

  • 10 ga yaqin medialoyiha yo‘lga qo‘yildi

  • 5 mingga yaqin o‘quv nashrlari joylashtirildi

  • 1 ta klip, 2 ta serial, 60 ta podkast ishlab chiqildi

  • Har yili Global Money Week, World Savings Day kabi xalqaro ta’lim kampaniyalari o‘tkazilmoqda

Loyihalarni amalga oshirishda, xalqaro tashkilotlar, vazirlik va idoralar, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va 15 ta iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik olib boriladi.

Siz ham Markaziy bankning moliyaviy savodxonlik tashabbuslari va loyihalarining bir qismiga aylanmoqchimisiz?

Finlit.uz bilan birgalikda moliyaviy savodxonlingizni oshiring!

USD = 12065.49
-27.38
EUR = 13754.66
-69.91
RUB = 155.66
-1.47
GBP = 16143.63
-51.14
JPY = 74.39
-0.26
CHF = 14858.98
-83.4
CNY = 1780.04
-4.33
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X