Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari monitoringi natijalari toʻgʻrisida eʼlon

Yangilangan sana: 10 Noy 2025, 12:46
10 Noy 2025

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yil sentabr–oktabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari monitoringdan oʻtkazildi. Monitoringning asosiy maqsadi — moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari uchun axborotlar oshkor etilishi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilishini hamda foydalanuvchilarning toʻliq va ishonchli maʼlumot olish huquqi taʼminlanishni tekshirishdan iborat boʻldi.

Monitoring natijasida qator kamchiliklar va qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga rioya etilmasdan ayrim banklarning veb-saytlarida maʼlumotlar davlat tilida joylashtirilmaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, axborotlarni oshkor etish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilmagan holda ayrim banklarning veb-saytlarida kredit taʼminotiga qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldigʻiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibi joylashtirilmaganligi maʼlum boʻldi.

Xususan, Agrobank, Anor bank, Hayot bank, Universal bank, Garant bank, Asakabank,  Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Madad Invest bank, Soderot bank, Orient Finans bank, Ipoteka-bank, Tenge bank, Ziraat bank Uzbekistan, AVO bank va Open bank kabi banklarning rasmiy veb-saytlarida yuqorida qayd etilgan tartib joylashtirilmaganligi kuzatildi.

Monitoring yakunlariga koʻra Markaziy bank tomonidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan banklarning har biriga nisbatan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 102 mln. soʻmdan jarima chorasi qoʻllanildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda rasmiy veb-saytlardagi maʼlumotlarni qonunchilik talablariga toʻliq moslashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar yuborildi.

Markaziy bank barcha tijorat banklaridan:

axborotlarni isteʼmolchilarga oshkor etishda «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun talablariga soʻzsiz rioya etilishi;

rasmiy veb-saytlarda joylashtirilayotgan maʼlumotlarning toʻliqligi va dolzarbligi taʼminlanishi;

rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborotlarni oshkor etishda isteʼmolchilarining toʻliq, ishonchli va tushunarli maʼlumot olish huquqi hisobga olinishi lozimgini qatʼiy ravishda talab etadi.



USD = 12130.01
+32.08
EUR = 14245.48
+50.98
RUB = 153.04
+1.27
GBP = 16239.66
+49
JPY = 78.28
+0.67
CHF = 15234.88
+15.44
CNY = 1721.25
+6.62
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X