Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Markaziy banki Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi bilan makroiqtisodiy masalalarni muhokama qildi

Yangilangan sana: 18 Noy 2025, 17:22
18 Noy 2025

O‘zbekiston Markaziy banki rahbariyati Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Missiyaga Yasser Abdih rahbarlik qildi, uchrashuvda missiya ekspertlari — Koba Gvenetadze, Etibar Jafarov, Alejandro Simone va Galina Kostina ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy muhit, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati choralarining borishi, shuningdek bank tizimining holati va asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Shuningdek, XVJ bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, texnik yordam va ekspert maslahatlarini jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Missiya doirasida Markaziy bank raisi o‘rinbosarlari va tegishli departamentlari bilan qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazilib, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar batafsil davom ettiriladi.

Bundan tashqari, missiya dasturi doirasida bir qator vazirliklar, davlat idoralari va tijorat banklari vakillari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

 

USD = 12130.01
+32.08
EUR = 14245.48
+50.98
RUB = 153.04
+1.27
GBP = 16239.66
+49
JPY = 78.28
+0.67
CHF = 15234.88
+15.44
CNY = 1721.25
+6.62
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X