Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Rasmiy munosabat

Yangilangan sana: 4 Dek 2025, 11:34
4 Dek 2025

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxslarga bank kartalarini ochishda ushbu kartalarni tijorat banklari yoki to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga biriktirishda biometrik identifikatsiyadan o‘tish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotganligi yuzasidan bildirilmoqda.

Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori bilan “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga kiritilgan o‘zgarishlarga asosan endilikda 14 yoshdan - 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslar banklarda hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlariga ruhsat berildi.

Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmasiga asosan banklar va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarida “Yangi ro‘yxatdan o‘tish”, “Parolni qayta tiklash” hamda “Akkauntga boshqa qurilmadan kirish”da biometrik identifikatsiyadan (Face-ID) o‘tish mexanizmi joriy etilgan.

Mazkur holatdan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan banklar va to‘lov tashkilotlariga xatarlarni boshqarish siyosatidan kelib chiqib, voyaga yetmagan shaxslar uchun mobil ilova orqali elektron to‘lov imkoniyatini taqdim etish hamda yuqori xatarli amaliyotlar uchun qo‘shimcha identifikatsiya mexanizmlarini saqlab qolish imkoniyatlarini yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatma yuborilgan.

Qisqa davr ichida voyaga yetmagan shaxslar banklar va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalari orqali o‘z bank kartalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

USD = 12275.58
-11.73
EUR = 14591.98
-52.04
RUB = 159.09
+0.26
GBP = 16754.94
-73.76
JPY = 80.28
+0.08
CHF = 15981.75
-63.31
CNY = 1778.73
+0.59
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X