- Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
- Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%.
- 2025-yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.
- 2026-yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida.
- Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda.
- Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).
- Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.
- Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.
- Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 28-yanvar kuniga belgilangan.
Batafsil press-reliz bilan tanishining