Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Oʻzbekiston Markaziy banki raisi AFI (Moliyaviy inklyuziya alyansi) Direktorlar kengashi Rais oʻrinbosari etib saylandi

Yangilangan sana: 15 Dek 2025, 14:42
15 Dek 2025

5-dekabr kuni AFI Direktorlar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Markaziy banki Raisi kengashning yangi Rais o‘rinbosari etib saylandi. Mazkur lavozimda Markaziy bank Raisi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida faoliyat yuritadi.

2018-yildan buyon AFI ning asosiy a’zosi bo‘lib kelayotgan Oʻzbekiston Markaziy banki AFI boshqaruv tuzilmalarining bir qator organlarida, jumladan Bank byudjet va moliya qo‘mitasi hamda Gender inklyuziv moliyalashtirish qo‘mitasi tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, 2025-yildan boshlab Oʻzbekiston Markaziy banki Raisi AFIning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Siyosiy tashabbusiga raislik qilib kelmoqda.

“Oʻzbekiston Markaziy bankining AFI Direktorlar kengashi tarkibiga qabul qilinishi mamlakatimizda moliyaviy ommaboplikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv moliyaviy ekotizim asoslarini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muhim e’tirofidir”, - dedi Oʻzbekiston Markaziy banki Raisi Timur Ishmetov.

“Ushbu tayinlov Oʻzbekistonga dalillarga asoslangan yondashuvlar va islohotlarga yo‘naltirilgan siyosiy qarashlarni ulashish, shuningdek, AFI ning global tarmog‘i va kengroq moliyaviy ommaboplik hamjamiyati doirasida adolatli, barqaror va kelajakka tayyor moliyaviy tizimlarni ilgari surish imkonini beradi.”

AFI Direktorlar kengashi tashkilot faoliyatiga strategik yo‘nalish beradi, AFI o‘z maqsadlariga qanday erishishi, yangi imkoniyatlarni aniqlashi va tarmoqni rivojlantirishi bo‘yicha maslahatlar beradi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, joriy yil sentabr oyida Ruanda Milliy banki raisi Soraya M. Hakuziyaremye AFI Direktorlar kengashi raisi lavozimini egalladi va mazkur lavozimni egallagan ilk ayol bo‘ldi. Oʻzbekiston Markaziy bankining Rais oʻrinbosari sifatidagi vakolati AFI A’zolar kengashi tomonidan 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Yillik umumiy yig‘ilishda tasdiqlanadi.

Batafsil AFI boshqaruvi haqida


USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X