Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Yangilangan sana: 30 Yan 2026, 17:12
30 Yan 2026

Markaziy bank obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (Adliya vazirligida
2026-yil 24-yanvar kuni 3080-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi).

2026-yilning 24-yanvar kunidan boshlab Markaziy bank obligatsiyalari chiqarilishi va muomalada bo‘lishining yangi tartibi joriy etildi.

Unga ko‘ra, Markaziy bank ikkilamchi savdolarda, jumladan likvidlikni tartibga solishda repo bitimlarida oldi-sotdi predmeti sifatida foydalanish maqsadida obligatsiyalar joylashtirish huquqiga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga, obligatsiyalarning joylashtirilishi, hisobga olinishi, muomalasi, so‘ndirilishi va ular bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi bo‘yicha moliya bozorining alohida infratuzilmalari xizmat ko‘rsatishi belgilanmoqda.

Xususan, obligatsiyalarni saqlash va hisobga olish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, ularning muomalasi Valyuta birjasi va ular bo‘yicha hisob-kitoblar markaziy kontragent ishtirokida Milliy kliring markazi hamda markaziy kontragent ishtirokisiz Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yoki Markaziy bank orqali amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur mexanizmlar orqali, xalqaro tajribaga muvofiq obligatsiyalarning joylashtirilishidan so‘ndirilishiga bo‘lgan jarayonlar moliya bozorining muhim uchligi hisoblangan birja, depozitariy va kliring/markaziy kontragent modeli asosida to‘liq qamrab olinadi.

USD = 12275.58
-11.73
EUR = 14591.98
-52.04
RUB = 159.09
+0.26
GBP = 16754.94
-73.76
JPY = 80.28
+0.08
CHF = 15981.75
-63.31
CNY = 1778.73
+0.59
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X