Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank nazorati qoʻmitasi 2026-yilning yanvar oyida 27 ta masalani koʻrib chiqdi

Yangilangan sana: 13 Fev 2026, 17:05
13 Fev 2026

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2026-yilning yanvar oyidagi yigʻilishlar (jami 6-marta) davomida 27 ta masala koʻrib chiqildi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida jami 17 ta masala koʻrib chiqildi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (2 ta), toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish (3), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (5 ta) bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, “BARAKA BIZNES HAMKOR MIKROMOLIYA TASHKILOTI” va “EFFECTIVE MONEY MIKROMOLIYA TASHKILOTI” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari oʻz arizasiga asosan mikromoliya tashkilotlari reestridan chiqarildi. Bundan tashqari, “IT UNISOFT GROUP” aksiyadorlik jamiyatiga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya ham oʻz arizasiga muvofiq bekor qilindi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala koʻrib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, bank va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, hamda toʻlov tashkilotlarida belgilangan talablariga rioya etilishiga doir masalalar muhokama qilindi.

Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi uchun 4 ta toʻlov tashkilotiga nisbatan qatʼiy choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirish berildi. Shuningdek, korporativ bank kartalariga xizmat koʻrsatish jarayonida qonunchilik talablari buzilgani, hamda inspeksiyalar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 7 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Shuningdek, joriy yil yanvar oyida bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali qonunchilikda belgilangan eng kam miqdorga yetkazmagani va bank faoliyatiga oid qator talablar bajarilmagani sababli “YANGI BANK” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi.

USD = 12158.13
-33.12
EUR = 14166.65
+55.28
RUB = 153.98
-0.22
GBP = 16362.41
+118.79
JPY = 77.11
-0.12
CHF = 15675.77
+87.93
CNY = 1769.05
+3.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X