Markaziy bank tomonidan 15 ta oliy ta’lim muassasasidan taklif etilgan 150 nafar professor-o‘qituvchi ishtirokida pul-kredit siyosatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekistonda pul-kredit siyosatining rivojlanish bosqichlari, 5 foizlik inflyatsiya targeti, asosiy stavka hamda qaror qabul qilish mexanizmi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Seminar davomida hamda yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob (Q&A) sessiyasi o‘tkazildi va ularni qiziqtirgan savollar bo’yicha tegishli javoblar berildi.
Shuningdek, Markaziy bankning bugungi kundagi instrumentlar to'plami, xususan, asosiy stavka, majburiy zahira talablari, Markaziy bank obligatsiyalari va ularning ishlash mexanizmlari tushuntirildi. Bundan tashqari inflyatsion targetlash rejimida keng qo'llaniladigan instrument pul-kredit siyosati kommunikatsiyasining ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Seminardan taqdimotlar:
Pul-kredit siyosati
Pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi
Markaziy bankda pul-kredit siyosati bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Yangilangan sana: 16 Fev 2026, 11:40