2026-yil 12–13-fevral kunlari Markaziy bankning Inson resurslarini boshqarish departamenti xodimlari Swiss National Bankda, Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan o‘quv tashrifida ishtirok etdi.
Mazkur tashrif inson kapitalini boshqarish sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va amaliy tajriba almashish maqsadida tashkil etildi hamda Shveytsariya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon markaziy banklari vakillarini birlashtirdi.
Dastur doirasida HR siyosatini rivojlantirish, kompensatsiya va imtiyozlar tizimi, raqamli HR yechimlari, xodimlar faolligini oshirish, ish beruvchi brendini shakllantirish, kadrlarni tanlash va moslashtirish, o‘qitish va rivojlantirish, iste’dodlarni boshqarish hamda yetakchilik kompetensiyalarini mustahkamlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Ochiq professional muloqot dolzarb masalalarni chuqur tahlil qilish, real amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashish hamda HR tizimlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha muhim xulosalar chiqarish imkonini berdi.
Mazkur o‘quv tashrifi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, inson kapitalini strategik darajada boshqarish hamda markaziy bank faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Swiss National Bank jamoasiga yuqori darajadagi tashkilotchilik, ochiq muloqot va mazmunli tajriba almashinuvi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Xalqaro tajriba — inson kapitalini rivojlantirish sari muhim qadam
Yangilangan sana: 17 Fev 2026, 14:59