Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekistonda hosila moliyaviy vositalar bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo’yildi

Yangilangan sana: 13 Mar 2026, 15:01
13 Mar 2026

Joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida The Currency Exchange Fund (TCX) xalqaro moliya tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotning asosiy mavzusi – mamlakatimizda hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) bozorini rivojlantirish va valyuta tavakkalchiliklarini samarali boshqarish masalalariga qaratildi.

Uchrashuv davomida tomonlar mahalliy moliya bozorida valyuta xatarlarini minimallashtirish mexanizmlarini joriy etish, xususan, xedjirlash instrumentlarini ommalashtirish hamda ushbu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratishga kelishib olindi:

  • Xalqaro ilg‘or tajribalar asosida banklar va yirik davlat korxonalari mutaxassislarining moliyaviy risklarni boshqarish bo‘yicha professional bilim va malakasini tizimli oshirish;

  • Xedjirlash instrumentlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan maxsus o‘quv seminarlar tashkil etish;

  • Moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida doimiy tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish orqali xatarlarni boshqarishning zamonaviy ekotizimini shakllantirish.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda ichki valyuta bozori barqarorligini ta’minlash, banklar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning chet el valyutasi bilan bog‘liq xatarlarini samarali boshqarish hamda moliya bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

 



USD = 11937.60
-37.19
EUR = 13961.02
-47.09
RUB = 159.47
-0.17
GBP = 16119.34
-51.42
JPY = 74.92
0
CHF = 15160.78
+8.57
CNY = 1748.13
-4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X