Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank nazorati qoʻmitasi 2026-yilning fevral oyida 43 ta masalani koʻrib chiqdi

Yangilangan sana: 26 Mar 2026, 12:24
25 Mar 2026

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2026-yilning fevral oyidagi yigʻilishlar (jami 7-marta) davomida 43 ta masala koʻrib chiqildi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida jami 30 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (3 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (1 ta), banklarda audit oʻtkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (6 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (5 ta), toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya qayta rasmiylashtirish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (14 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 13 ta masala koʻrib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va toʻlov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatini tashkil etmaganligi uchun hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun  11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 14 ta bank va 4 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 8 ta bankka nisbatan vujudga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning bank moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsirini kamaytirish, ularda makroprudensial buferlar shakllantirishini taʼminlash maqsadida bank aksiyadorlariga oddiy aksiyalari boʻyicha dividendlar toʻlash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.

USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X