Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

ISDA Bosh bitimlari bo‘yicha o‘quv seminari: xalqaro derivativ standartlar va huquqiy asoslar muhokamasi

Yangilangan sana: 27 Apr 2026, 15:47
27 Apr 2026

23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) ekspertlari ishtirokida Markaziy bank, tijorat banklari, mahalliy yuridik konsalting tashkilotlari hamda moliya bozori ishtirokchilari xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir ISDA (International Swaps and Derivatives Association) Bosh bitimlari mavzusiga bag‘ishlanib, xalqaro moliya bozorlarida hosila moliyaviy vositalar (derivativlar) bilan operatsiyalarni standartlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy asoslarni qamrab oldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari, shuningdek, ularning moliya bozorlaridagi amaliy qo‘llanilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan ISDA Bosh bitimi strukturasi hamda unga taalluqli hujjatlar bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, seminar davomida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar hamda derivativ bitimlarning huquqiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ijro etilishini ta’minlashda huquqiy xulosalarning o‘rni muhokama qilindi. Tadbir interaktiv shaklda o‘tib, ishtirokchilar savol-javoblarda faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Ushbu o‘quv seminari mamlakatimiz moliya sohasi mutaxassislarining xalqaro derivativ standartlari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarini tizimlashtirishga ham xizmat qildi. Bu kabi tadbirlar mahalliy moliya bozorini xalqaro talablarga moslashtirish va tizimli risklarni samarali boshqarishda muhim poydevor bo‘ladi.

USD = 12072.96
+52.48
EUR = 14177.28
+128.95
RUB = 161.17
+2.4
GBP = 16360.07
+152.86
JPY = 75.82
+0.57
CHF = 15393.29
+119.49
CNY = 1769.37
+11.04
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X