Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va Vebster universiteti: ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi yangi hamkorlik

Yangilangan sana: 22 May 2026, 12:15
22 May 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Toshkent shahridagi Vebster universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum akademik salohiyat va amaliy tajribani birlashtirish, moliya-bank sohasi uchun dolzarb ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda bilim almashinuvini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xodimlarining ilmiy loyihalarda ishtirokini kengaytirish hamda axborot resurslari va yangi tadqiqot yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma ma’ruzalar, seminarlar-treninglar, master-klasslar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va forumlarni tashkil etish orqali ta’lim, tadqiqot va amaliyot integratsiyasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Ushbu hamkorlik Markaziy bankning ilmiy-tahliliy salohiyatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va moliya-bank tizimida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini kengaytirishga xizmat qiladi.

USD = 12021.22
-54.96
EUR = 13978.27
-16.82
RUB = 169.53
+0.06
GBP = 16160.13
-1.42
JPY = 75.62
-0.3
CHF = 15288.34
+11.7
CNY = 1768.32
-6.54
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X