Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Ko‘chmas mulk bozoridagi so‘nggi tendensiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Yangilangan sana: 4 May 2026, 16:42
4 May 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ilk bor tashabbus ko‘rsatib, ko‘chmas mulk bozori vakillari ishtirokida ochiq davra suhbati tashkil etdi. Unda bozorning joriy holati, so‘nggi tendensiyalar hamda kelgusi rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarning dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflari yig‘ilib, tahlil qilindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
 

  • ko‘chmas mulk narxlaridagi o‘zgarishlar va ularning omillari;
  •  bozorda talab va taklif muvozanati;
  •  ipoteka kreditlash va foiz stavkalarining bozorga ta’siri;
  •  bozor shaffofligini oshirish va axborotlarni oshkor etish;
  •  eskrou tizimi ishlash mexanizmi va dastlabki natijalari;
  •  ko‘chmas mulk sohasida xatarlarni boshqarish bilan bog‘liq masalalar.

Ushbu muloqot Markaziy bank tomonidan tartibga soluvchi organ va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi strategik qadam hisoblanadi. Bu esa siyosatni shakllantirishda asosli qarorlar qabul qilinishiga, axborot nomutanosibligining kamayishiga hamda O‘zbekistonda barqarorlikning oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X