Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank yosh tadqiqotchilar uchun Tadqiqot stipendiyasi dasturini e’lon qiladi

Yangilangan sana: 4 May 2026, 20:34
4 May 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun “Tadqiqot stipendiyasi dasturi” bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Dastur yosh tadqiqotchilarni iqtisodiyot va moliya sohasidagi dolzarb mavzularda ilmiy izlanish olib borishga jalb etish hamda ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

— tarjimayi hol / rezyume;

— tadqiqot savollari va maqsadi aniq ko‘rsatilgan ilmiy tadqiqot rejasi;

— dastur davomida bajarilishi rejalashtirilgan ishlarning oyma-oy reja-grafigi;

— mavjud bo‘lsa, oldin chop etilgan ilmiy maqolalar.

Tadqiqot mavzulari Markaziy bankning asosiy vazifalari, strategik maqsadlari va ustuvor tadqiqot yo‘nalishlari, global iqtisodiy, moliyaviy va texnologik tendensiyalar, shuningdek, moliya-iqtisod sohasidagi dolzarb muammolar va yangi fenomenlar bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar bilan tadqiqot mavzusining murakkabligiga asosan 3 oydan 12 oygacha bo'lgan muddatga shartnoma tuziladi

Magistratura bosqichida ta’lim olayotgan tanlov g‘oliblariga davlat oliy ta’lim muassasalaridagi assistent-o‘qituvchining oylik maoshi (7 620 142 so‘m) miqdorida, doktorantura bosqichida ilmiy izlanish olib borayotgan tanlov g‘oliblariga katta o‘qituvchining oylik maoshi (8 568 102 so‘m) miqdorida stipendiya to'lanadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

-        Markaziy bankning ichki statistik ma’lumotlaridan foydalanish;

-        Tadqiqot natijalarini Markaziy bank seminar va konferensiyalarida taqdim etish;

-        Tadqiqot xulosalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati.


USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X