Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston Markaziy banki Zuercher Kantonalbank bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yangilangan sana: 5 May 2026, 18:45
5 May 2026

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari Zuercher Kantonalbank vakillari bilan xalqaro rezervlarni boshqarish, pul va valyuta bozorlaridagi operatsiyalar, oltin savdosi hamda professional ta’lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Uchrashuvda rezervlarni boshqarishdagi joriy tendensiyalar, jumladan, pul oqimlarini boshqarish, yangi moliyaviy instrumentlarga investitsiya kiritish hamda qat’iy daromadli qimmatli qog‘ozlarning roli ortib borayotgani yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Markaziy bank va Zuercher Kantonalbank o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holatini ko‘rib chiqdi. Ushbu hamkorlik 2019-yil iyun oyida boshlangan bo‘lib, o‘shandan buyon muntazam institutsional aloqalar va professional muloqot orqali rivojlanib kelmoqda. Hamkorlik moliya bozorlaridagi bir qator yo‘nalishlarni, jumladan, pul bozori, qimmatbaho metallar bozori va valyuta operatsiyalarini qamrab oladi.

Zuercher Kantonalbank vakillari pul bozori hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Tomonlar, shuningdek, oltin savdosi, valyuta operatsiyalari va Zuercher Kantonalbankning o‘quv dasturlarida ishtirok etish       bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar professional muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

USD = 12037.21
+43.68
EUR = 14071.50
+17.48
RUB = 159.62
+1.1
GBP = 16300.79
+38.76
JPY = 76.42
+0.01
CHF = 15367.30
+53.8
CNY = 1762.33
+6.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X