Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yilning aprel oyida 30 ta masalani ko‘rib chiqdi

Yangilangan sana: 13 May 2026, 15:22
13 May 2026

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning aprel oyidagi yig‘ilishlar (jami 6 marotaba) davomida 30 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 21 ta masala, jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (1 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (15 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 9 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlar talablarining bajarilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya hamda o‘rganishlar natijalari muhokama qilindi.

Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat tashkil etilmaganligi hamda inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

USD = 12073.42
-72.23
EUR = 14134.35
-134.36
RUB = 164.47
+0.14
GBP = 16320.85
-124.36
JPY = 76.49
-0.59
CHF = 15439.16
-116.23
CNY = 1777.96
-9.95
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X