Markaziy bankda Osiyo taraqqiyot banki hamda xalqaro konsultant ishtirokida O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari bozorini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlar davomida muddatli to‘lov xizmatlari bozorining joriy holati, amaldagi biznes modellari, shartnomaviy tuzilmalar, huquqiy baza, mavjud tartibga solish bo‘shliqlari hamda xalqaro tajriba atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, banklar, nobank kredit tashkilotlari, fintech provayderlar va muddatli to‘lov xizmatlari operatorlarining bozordagi roli, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, axborotni oshkor etish, kredit byurolari bilan ma’lumot almashinuvi, raqamli identifikatsiya va ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.