Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank tomonidan likvidlilikni jalb qilish bo‘yicha asosiy instrument sifatida repo auksionlari yo‘lga qo‘yildi

Yangilangan sana: 17 Iyul 2026, 18:18
17 Iyul 2026

Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda OG Research xalqaro konsalting tashkiloti tavsiyalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan 2026-yil 16-iyuldan boshlab Markaziy bankning 7 kunlik obligatsiyalari o‘rniga Markaziy bankning 7 kunlik repo auksionlari bilan likvidlikni jalb qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Bunda:

  • Markaziy bank repo auksionlarida oldi-sotdi predmeti sifatida foydalaniladigan obligatsiyalar narxini daromadlilik egri chizig‘i ma’lumotlaridan kelib chiqib hisoblash;
  • obligatsiyaning soʻndirish muddati repo bitimining ikkinchi qismini ijro etish muddatidan kamida 5 kalendar kuni keyin kelish kerakligi bo‘yicha talabni bekor qilish;
  • banklar tomonidan repo auksionlarida sotib olingan obligatsiyalarni repo muddati davomida ikkilamchi bozorda muomalasini cheklash amaliyotini bekor qilish;
  • Markaziy bank tomonidan banklardagi kutilmagan likvidlik tebranishlarini yumshatish maqsadida “toʻgʻrilash” repo auksionlarini oʻtkazish;
  • Markaziy bank obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish tartibi joriy qilindi.

Mazkur o‘zgartirishlar bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni yanada samarali boshqarish va pul-kredit siyosati transmissiyasi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X