O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashkilotlarda huquqbuzarliklar haqida xabar berish (whistleblowing) boshqaruv tizimiga oid ISO 37002:2021 xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
Mazkur standart samarali xabar berish tizimini yaratish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bunda ichki me’yoriy hujjatlar, xavf-xatarlarni baholash, ochiq va shaffof xabar berish kanallari, shuningdek, xabar beruvchilarning maxfiyligi va huquqiy himoyasi muhim o‘rin tutadi.
ISO 37002:2021 doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqishning aniq tartiblari, xolis va mustaqil tekshiruvlar, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tegishli choralar hamda samarali ichki nazorat mexanizmlari muhim hisoblanadi. Sertifikat ushbu yo‘nalishda ochiqlik, ishonchlilik va xabar beruvchilarni himoya qilish tamoyillarining ahamiyatini yana bir bor aks ettiradi.










