Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kredit va omonatlarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasi yagona shaklda bo‘ladi

Yangilangan sana:  10 May 2021, 17:40
10 May 2021

Markaziy bank tomonidan fuqarolar uchun mo‘ljallangan kredit va omonatlarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasining yagona standartlashtirilgan shakllari ishlab chiqilib, joriy yilning 23 aprelidan 8 may kuniga qadar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida muhokama uchun joylashtirilgan edi.

Mazkur loyihadan banklarda kredit va omonatlarga doir iste'molchilarga yagona standartlashtirilgan shaklda axborot berilishi, natijada, banklar taqdim etayotgan kredit va omonat mahsulotlari haqidagi asosiy ma'lumotlarni bilish hamda ularni boshqa banklar kredit va omonatlari bilan solishtirish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan.

Shu munosabat bilan, portal orqali loyiha bilan tanishishga ulgurmagan yoki qo‘shimcha fikr bildirish istagida bo‘lgan bank xizmatlari iste'molchilari Markaziy bankning :inbox_tray: info@cbu.uz manziliga o‘z taklif va mulohazalarini yuborishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X