Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro valyuta jamgʼarmasining Markaziy Osiyo, Moʼgʼuliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi vakillari bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  9 Iyun 2022, 17:22
7 Iyun 2022
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro valyuta jamgʼarmasining Markaziy Osiyo, Moʼgʼuliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi direktori Norbert Funke bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv davomida markaz oʼz faoliyatini boshlangandan buyon oʼtkazilgan oʼquv seminarlari va amalga oshirilgan texnik koʼmak missiyalari natijalariga toʼxtalib oʼtildi. Shuningdek, tomonlar yaqin kelajak uchun rejalashtirilgan bir qator tadbirlar va seminarlar yoʼnalishlarini muhokama qildilar.

Maʼlumot uchun: Markaziy Osiyo, Moʼgʼuliston va Kavkaz mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi – Xalqaro valyuta jamgʼarmasi tashabbusi va hududdagi 9 mamlakat (Аrmaniston, Gruziya, Moʼgʼuliston, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekiston) hamkorligida tashkil etilgan. Mazkur markazni Olmaota shahrida ochish yuzasidan qaror 2019 yil oktyabrda qabul qilingan.

USD = 12689.97
-15.03
EUR = 13557.96
+14.43
RUB = 137.20
+1.09
GBP = 15771.09
+66.44
JPY = 81.90
-0.16
CHF = 13879.44
-53.01
CNY = 1751.28
-1.86
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X