Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Koreya Markaziy banki va Koreyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish institutining tadqiqot guruhi bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi

Yangilangan sana:  24 Iyun 2022, 11:24
24 Iyun 2022
Markaziy bankda oʼzaro bilimlar almashinuvi boʼyicha hamkorlik dasturi (KPP) doirasida Koreya Markaziy banki (BOK), Koreyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish institutining (IIDC) tadqiqot guruhi bilan 2022 yilda qoʼshma tadqiqot olib borish yuzasidan uchrashuv va seminar oʼtkazildi.

Tadbirning dastlabki qismida Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Koreya Markaziy banki oʼrtasida oʼzaro bilimlar almashinuvi boʼyicha hamkorlik dasturi yuzasidan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Mazkur kelishuv Koreya Markaziy banki hamda Koreyaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish instituti bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga, istiqbolda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun dolzarb boʼlgan mavzularda tadqiqotlar olib borishga hamda ularni amaliyotda samarali qoʼllashga xizmat qiladi.

Tadbirning ikkinchi qismida “Oʼzbekistonda moliyaviy barqarorlik” mavzusida tashqi va ichki makromoliyaviy holat, moliya tizimi tahlili, vujudga kelishi mumkin boʼlgan xatarlar va ularning taʼsiri, makro stress-testning dastlabki natijalari boʼyicha taqdimot oʼtkazildi.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X