Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Biznes kayfiyati bo‘yicha 2025-yil III chorak uchun sharh e'lon qilindi

Yangilangan sana: 19 Dek 2025, 18:58
19 Dek 2025

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yilning uchinchi choragida mamlakat bo‘ylab biznes kayfiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan navbatdagi choraklik sharhini e’lon qildi. So‘rovlarda ikki mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, iqtisodiyotning barcha asosiy tarmoqlari faoliyat olib borayotgan korxonalar qamrab olindi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 62 foizi joriy biznes shart-sharoitlari o‘tgan chorakka nisbatan yaxshilanganini qayd etdi. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi ikki yil davomida 50 foizdan yuqori shakllanib, tadbirkorlarning iqtisodiyotdagi barqaror islohotlarga ishonchi mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Ijobiy baholarga asosan bank xizmatlari sifati oshgani, kredit olish imkoniyatlari kengaygani, raqobat muhiti yaxshilanganligi, litsenziyalash jarayonlarining soddalashgani hamda ma’muriy aralashuvlarning kamaygani sabab bo‘ldi.

Uchinchi chorak davomida ishlab chiqarish va buyurtmalar hajmlari, energiya iste’moli hamda yuk tashish ko‘rsatkichlari barqaror saqlanib qoldi. Ayrim hududlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish oshgan bo‘lsa-da, boshqa hududlarda energiya ta’minotidagi uzilishlar, ichki talab va aylanma mablag‘larning etarli darajada emasligi faollikni cheklab turdi.

Mehnat bozorida qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab barqaror darajada saqlanib qoldi. Ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida qo‘shimcha ishchi kuchi talab oshgani qayd etildi. Kelgusi chorakda ham ushbu tarmoqlarda ishchi kuchiga talab yuqori darajada shakllanishi kutilmoqda.

Tadbirkorlar orasida qarz majburiyatlari kamayganini bildirganlar ulushi 18 foizga yetdi (o‘tgan chorakda - 14 foiz). Shu bilan birga, kelgusida kredit resurslariga ehtiyoj ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va turizm sohalarida yuqori shakllanishi prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda kreditga ehtiyojning biroz pasayishi kutilmoqda.

Biznes kayfiyati bo‘yicha 2025-yil III chorak sharhi va qisqa tafsifi bilan tanishishing.
USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X