Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda ABB bankining “Davr Bank”dagi ulushni sotib olish rejalari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 23 Iyun 2026, 17:33
23 Iyun 2026

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Ozarbayjonning ABB banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ABB banki tomonidan Boshqaruv kengashi raisi Abbas Ibrohimov, Boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosarlari Talex Tahirli hamda Agshin Amirov ishtirok etdi. Markaziy bank tomonidan uchrashuvda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov boshchiligida tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekistonning moliya-bank sektori, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, prudensial nazorat va tartibga solish yo‘nalishlari hamda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. ABB banki vakillari bank faoliyati, xususan, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish, raqamli transformatsiya hamda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish borasidagi tajribasi haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ABB banki tomonidan “Davr Bank” ustav kapitalidagi 51% ulushni sotib olish rejalari va bank faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ABB banki vakillari “Davr Bank”ni zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or bank amaliyotlari asosida rivojlantirish hamda mamlakat bank bozoridagi yetakchi moliya institutlaridan biriga aylantirish niyatida ekanini bildirdi.

Tomonlar kelgusida konstruktiv muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 12017.04
+26.78
EUR = 13712.64
-25.8
RUB = 160.63
-1.6
GBP = 15898.54
+36.63
JPY = 74.46
+0.33
CHF = 14839.52
-7.26
CNY = 1771.59
+1.68
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X