2025-yil boshida to‘lovlar hajmi sezilarli oshdi. Bu o‘zgarish faqat naqd pul bilan bog‘liq emas — karta, terminal va mobil ilovalar orqali to‘lovlar ham faollashdi.
Yil boshida banklar orqali o‘tgan umumiy to‘lovlar hajmi 1 075 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga o‘sdi. Bu iqtisodiy faollik kengayganidan dalolat beradi.
E’tiborli jihati shundaki, to‘lovlarda raqamli usullar ulushi izchil oshib bormoqda. Terminal va mobil to‘lovlar ulushi 43 foizga, savdo va xizmatlar sohasida esa 48 foizga yetdi.
Bu aholi va tadbirkorlarning raqamli to‘lovlarga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, naqd pul ham iqtisodiyotda muhim o‘rnini saqlab qolmoqda. 2025-yilda banklar orqali o‘tgan naqd pul aylanmasi 1 250 trln so‘mga yetdi. Bu aholi va biznes uchun hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlaydi.
Xulosa oddiy:
naqd va raqamli to‘lovlar bir-biriga qarshi emas. Ular iqtisodiyot ehtiyojiga mos ravishda bir-birini to‘ldirib, barqaror muvozanatni shakllantirmoqda.
Sharhning qisqa tavsifi bilan tanishing
Sharhning to‘liq tavsifi ushbu havolada
Qanday to‘layapmiz — naqdmi yoki raqamli usullar bilan?
Yangilangan sana: 13 Fev 2026, 16:37