O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mehnat bozoriga bag‘ishlangan navbatdagi tahliliy sharhni taqdim etdi.
IV chorakda mehnat bozorida faollik yuqori darajada saqlanib qoldi. Bo‘sh ish o‘rinlari 15,3% ga o‘sib, asosan qurilish, umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish sohalari ulushiga to'g'ri keldi. Shu bilan birga, onlayn ish qidirish faolligi mavsumiy pasayish tendensiyasiga o‘tdi.
Korxonalarning ishchilarni yollash bo‘yicha kutilmalarida ish o‘rinlarini oshirishni bildirganlar ulushi ortdi, ish o‘rinlarini qisqartirishni bildirganlar ulushi esa kamaydi.
IV chorakda Oʻzbekiston boʻyicha Beverij egri chizigʻining chapga gorizontal siljishi kuzatilib, bu mehnat bozorida ish o‘rinlari va ishchi kuchi o‘rtasidagi moslik yaxshilanganini ko‘rsatadi.
2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan ish haqi nominal hisobda 18,9% ga, real hisobda 9,3% ga o‘sdi. O‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Namangan (13,1%), Sirdaryo (11,5%) va Jizzax (11,1%) viloyatlarida, eng past o‘sish esa Andijon (4,6%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (6,2%) kuzatildi.
Qisqa tavsif bilan tanishishingiz uchun havola orqali o‘ting
To‘liq sharh bilan tanishishingiz uchun havola orqali o‘ting