Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Pul bozori va likvidlik sharhi – 2025 yil IV chorak

Yangilangan sana: 28 Apr 2026, 19:05
10 Mar 2026

2025-yilning IV choragida bank tizimi umumiy likvidlik darajasi oshib, tarkibiy profitsit holatida saqlanib qoldi.

2025 yilning IV choragida banklararo pul bozorida umumiy operatsiyalar hajmi 183,6 trillion so‘mni yoki choraklik YIM nisbatan qariyb 34 foizni tashkil etdi. Bunda, pul bozoridagi amaliyotlarning qariyb 86 foizi overnayt bitimlar hamda 70 foizi REPO operatsiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Pul bozorining konsentratsiyalashuv darajasini ifodalovchi Herfindahl–Hirschman indeksiga ko‘ra likvidlikni jalb etish hamda taqdim etish segmentlarining har ikkisida ham o‘sish kuzatildi. Ushbu holat yuqori likvidlik profitsiti sharoitida likvidlikni qayta taqsimlash cheklangan doiradagi bozor ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotganligini ifodalaydi.

2025-yilning 1-oktyabridan majburiy zaxiralash bazasiga kiritiladigan majburiyatlar qamrovi oshirilishining banklarga ta’sirini yumshatish maqsadida xorijiy valyutadagi majburiyatlar bo‘yicha majburiy zaxira normativi 10,5 foizdan 9,5 foizgacha pasaytirildi.

Markaziy bank prognozlariga ko‘ra, 2026 yilning I choragida budjet operatsiyalaridagi mavsumiy kamayish hamda bank tizimida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning tez o‘sishi likvidlik holatini mo‘tadillashtiruvchi qo‘shimcha omil bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, naqd pulga bo‘lgan talabning kamayishi likvidlik sharoitlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Markaziy bank ortiqcha likvidlikni samarali tartibga solish hamda pul bozori foiz stavkalari foizlar koridori doirasida  va asosiy stavkaga yaqin shakllanishini ta’minlash uchun o‘zining pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanishda davom etadi.

Batafsil
USD = 11937.60
-37.19
EUR = 13961.02
-47.09
RUB = 159.47
-0.17
GBP = 16119.34
-51.42
JPY = 74.92
0
CHF = 15160.78
+8.57
CNY = 1748.13
-4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X