Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda OTP Group bilan bank transformatsiyasi va makroiqtisodiy kutilmalar yuzasidan muloqot o‘tkazildi

Yangilangan sana: 19 Iyun 2026, 12:55
18 Iyun 2026

5-Toshkent Xalqaro Investitsiyalar Forumi doirasida Markaziy bankda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov, Markaziy bank departament rahbarlari hamda OTP Group Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi Adam Sentpeteri boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Ipoteka Bankining so‘nggi uch yillik faoliyati, kredit portfelini takomillashtirish, kiberxavfsizlik va operatsion barqarorlik, shuningdek, mamlakatdagi makroiqtisodiy holat va kutilmalar yuzasidan fikr almashdilar.

OTP Group vakillari bank strategik rejalashtirish jarayonlari, kredit risklarini boshqarish amaliyoti hamda texnologik infratuzilmani yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar. Markaziy bank vakillari esa kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, shu jumladan, kredit scoring mexanizmlari va kafolat sxemalarini takomillashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida fikrlarini baham ko’rdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli loyihalar yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

USD = 12058.45
-27.11
EUR = 13818.98
-51.62
RUB = 164.04
-0.48
GBP = 15959.36
-43.13
JPY = 74.77
-0.39
CHF = 14964.57
-93.44
CNY = 1781.34
-4.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X