Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda RAKBANK delegatsiyasi bilan makroiqtisodiy vaziyat va bank sektori bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 19 Iyun 2026, 18:36
19 Iyun 2026

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida RAKBANK delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Nodirbek Achilov, bankning mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda RAKBANK delegatsiyasi vakillari makroiqtisodiy vaziyat, bank sektori rivoji va moliyaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati, iqtisodiy o‘sish omillari, inflyatsion targetlash rejimi, pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, almashuv kursi siyosati hamda tashqi iqtisodiy sharoitning moliyaviy barqarorlikka ta’siri muhokama qilindi.

Markaziy bank tomonidan narxlar barqarorligini ta’minlash, pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarini kuchaytirish, pul bozori instrumentlarini rivojlantirish hamda bozor ishtirokchilari bilan kommunikatsiyani kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muloqotda tashqi iqtisodiy sharoit, global tovar bozorlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalari, xorijiy investitsiyalar oqimi hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda makroiqtisodiy buferlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Bank sektori bo‘yicha muhokamalarda kapital yetarliligi, likvidlik ko‘rsatkichlari, kredit portfeli sifati, bank nazorati va makroprudensial siyosat instrumentlariga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy bank vakillari bank tizimida barqarorlikni saqlash, tavakkalchiliklarni oldini olish hamda banklar faoliyatini xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Muloqot davomida xalqaro moliyaviy institutlar tavsiyalarini amalga oshirish, Basel III talablariga bosqichma-bosqich moslashish, moliyaviy hisobotlar shaffofligini oshirish va bank sektorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

RAKBANK delegatsiyasi O‘zbekiston bank-moliya bozoridagi islohotlar, raqamli bank xizmatlari, islom moliyasi, nobank moliya tashkilotlari, lizing bozori hamda kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishlariga qiziqish bildirdi.

Tomonlar kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, kredit skoringi, moliyaviy institutlar bilan hamkorlik, xalqaro tajribani o‘rganish hamda bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ekspert darajasidagi muloqotni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bank-moliya sektoridagi islohotlar, investitsiya muhiti va xalqaro moliyaviy hamkorlik yo‘nalishlarida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 12058.45
-27.11
EUR = 13818.98
-51.62
RUB = 164.04
-0.48
GBP = 15959.36
-43.13
JPY = 74.77
-0.39
CHF = 14964.57
-93.44
CNY = 1781.34
-4.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X