Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank va “MBK Holding” vakillari moliyaviy texnologiyalar va islom moliyasi yo‘nalishlarini muhokama qildi

Yangilangan sana: 18 Iyun 2026, 14:09
18 Iyun 2026

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Markaziy bankda Qatarning “MBK Holding” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sanjar Nosirov, bankning mas’ul departamentlari rahbarlari hamda “MBK Holding” kompaniyasi asoschisi va raisi Shayx Mansur bin Xalifa Ol-Soniy boshchiligidagi delegatsiya moliyaviy texnologiyalar, raqamli banking va islom moliyasi bo‘yicha xalqaro tajriba hamda sohadagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv davomida bank sektorida innovatsion moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, raqamli yechimlardan foydalanish imkoniyatlari, islom moliyasi institutlari tajribasi hamda ushbu yo‘nalishlarda bilim va texnologiya almashinuvi masalalari muhokama qilindi.

“MBK Holding” vakillari kompaniyaning moliyaviy texnologiyalar, raqamli moliyaviy xizmatlar, bilim almashinuvi va soha mutaxassislari salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslari haqida ma’lumot berdilar.

Tomonlar moliya sektorida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, raqamli moliyaviy xizmatlar ekotizimini rivojlantirish va islom moliyasi bo‘yicha amaliy yondashuvlarni tahlil qilish muhimligini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha maslahatlashuvlarni davom ettirish hamda mavjud imkoniyatlarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.

USD = 12058.45
-27.11
EUR = 13818.98
-51.62
RUB = 164.04
-0.48
GBP = 15959.36
-43.13
JPY = 74.77
-0.39
CHF = 14964.57
-93.44
CNY = 1781.34
-4.4
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X